Belgiyalik muxlis Jazoir ustidan qozonilgan g'alabani nishonlash chog'ida vafot etdi

Tolibjon Qosimov
18 iyun 2014, 16:25
Bryusellda noxush voqea yuz berdi.
Bir muxlis Belgiyaning Jazoir ustidan qozongan g'alabasini nishonlay turib, poytaxt fond birjasidagi sher haykalidan yiqilib tushdi. Muxlis og'ir ahvolda kasalxonaga etkazildi, ammo 18 iyun tongida jarohatlar tufayli hayotdan ko'z yumdi.

Eslatib o'tamiz, Belgiya terma jamoasi Jazoir ustidan irodali g'alabaga erishdi. Keyingi o'yinni esa ular Rossiya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com