Belgiya policiyasi agent, hakam va murabbiylarni qo'lga oldi

Aslanov Jasurbek
10 okt 2018, 15:15
Belgiya policiyasi mahalliy futbol ligasidagi bir nechta jinoyatlar bo'yicha katta masshtabli operaciya o'tkazmoqda.

Bazi mashhur agentlar, klub vakillari va hakamlar qo'lga olingan. "Bryugge" bosh murabbiyi Ivan Leko so'roq qilinmoqda.

Belgiya ligasining 10ta klubida tintuv ishlari o'tkazilyapti. Ularning orasida "Anderlext", "Bryugge" va "Lokeren" bor.

Ma'lumotlarga ko'ra, qonun himoyachilari korrupsiya, pul yuvish va kelishilgan o'yinlar tashkil etish bo'yicha tekshiruv ishlarini o'tkazmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Het Laatste Nieuws