Belgiya Misrni mag'lub eta olmadi

Aslanov Jasurbek
16 iyun 2026, 02:05
16 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining G guruhi 1-turidan o'rin olgan Belgiya va Misr terma jamoalari o'rtasidagi bahs o'tkazildi.

Uchrashuv AQSHning Sietl shahridagi "Lyumen Fild" stadionida bo'lib o'tdi. O'yinni braziliyalik bosh hakam Ramon Abatti boshqarib bordi.

Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari:

Belgiya: Kurtua, Myone, Ngoy, Kastan, Mexele, Onana, Tilemans, De Bryoyne, Trossard, Doku, De Ketelare.

Misr: Shobeyr, Xani, Ibraxim, Abul-Fetux, Lashin, Attiya, Ashur, Fati, Salax, Marmush, Ziko.

G guruhining 2-turida Belgiya terma jamoasi Eron (21 iyun), 3-turida esa Yangi Zelandiya (27 iyun) bilan to'qnash keladi. Misr terma jamoasi 2-turda Yangi Zelandiya (22 iyun), 3-turda esa Eron (27 iyun) bilan kuch sinashadi.




O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia