Belerin qishda "Barsa"dan ketishni o'ylamayapti

Sherzod Nurmatov
22 noya 2022, 19:43
"Barselona"da birinchi mavsumini o'tkazayotgan Ektor Belerin jamoani qishda tark etishni rejalashtirayotgani yo'q.

Kataloniya klubi yanvardagi transferlar oynasida o'ng qanot himoyachisi sotib olmoqchi. Biroq ular Beleringa o'ziga boshqa klub topish haqida ma'lum qilishmagan. 

"Arsenal" sobiq futbolchisi uchun "Roma" va "Betis" da'vogarlik qilmoqda. "Barselona" tarbiyalanuvchisi klub bilan iyun oyida bitim muddati tugagunga qadar jamoada qolmoqchi. 27 yoshli futbolchi raqobatdan qo'rqmaydi va maydonda etarlicha vaqtga ega bo'lish uchun kurashmoqchi. 

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi yozda o'zi tarbiya topgan klubga erkin agent sifatida qaytgan edi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca