Belerin "Arsenal" rahbariyatiga "Barselona"ga o'tmoqchiligini aytish niyatida

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2017, 17:43
"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin kelasi hafta London klubi rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazadi.

22 yoshli ispaniyalik uchrashuvda faoliyatini "Barselona"da davom ettirmoqchiligi haqida ma'lum qilish niyatida.

Oldinroq "Arsenal" "Barselona"ning Belerin borasidagi taklifini rad etgani e'lon qilingan edi. Kataloniyaliklar yangi ustozi Ernesto Valverde Ektorni o'z jamoasida ko'rmoqchi. "Barselona"dagilar futbolchining xohishi Belerinning transferida muhim rolni o'ynashiga umid qilishmoqda.

Belerin va "Arsenal" o'rtasidagi bitim 2023 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca