Belarus chempionati. "Energetik-BGU" o'z maydonida ishonchli g'alabaga erishdi, Abdixoliqovdan dubl!

Sherzod Nurmatov
19 okt 2022, 16:49
Belarus Oliy ligasi 26-turidan o'rin egallagan "Energetik-BGU" – "Belshina" uchrashuvi yakunlandi.

Unda mezbonlar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. O'zbekistonlik hujumchi Bobir Abdixoliqov dastlab 39-daqiqada boshi bilan gol urib, hisobni tenglashtirgan bo'lsa, 46-daqiqada ham himoyachi, ham darvozabonni aldagan holda to'p kiritib, chempionatdagi umumiy gollari sonini 23 taga etkazib oldi. U to'purarlar ro'yxatida eng yaqin taqibchisi Xvashinskiy ("Minsk")dan 6 ta golga oldinda bormoqda.

Oliy liga

26-tur

Energetik-BGU – Belshina 3:1 

SOK Olimpiyskiy

Gollar: 0:1 – 37, avtogol Makavchik, 1:1 – 39 Abdixoliqov, 2:1 – 46 Abdixoliqov, 3:1 – 85 Grishenko.

Energetik-BGU – Lukashevich, Makushinskiy, Svirepa, Makavchik, Lavrik, Pashevich (Chul, 86), Silinskiy, Pliev (Grishenko, 40), Rilach (Turich, 65), Abdixoliqov, Papariga (Omelyanchuk, 88).

Belshina – Kolyadko, Slabashevich (Sokolovskiy, 59), Troyakov, Solanovich, Denisenko, Kuxarchik (Abdulmadjid, 63), Gomza, Vashkevich (Aleksandrovich, 67; Matlax, 85), Rodionov, Isa (Velisevich, 73), Chesnokov.

Ogohlantirishlar: Pashevich (23), Grishenko (45), Svirepa (50), Chesnokov (65), Makavchik (76), Gomza (77), Aleksandrovich (84).

Shunday qilib, "Energetik-BGU" "Shaxtyor" Soligorskdan 1 ochko kam jamg'arib, 51 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o'yini 24 oktyabr kuni Mogilyovning "Dnepr" klubiga qarshi kechadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia