Baxtiyor Ashurmatov: “Bugungi g'alaba elitada qolish uchun tashlangan dadil qadam bo'ldi”

5 okt 2013, 22:28
Gulistonda “Guliston” – “Navbahor” (2:1) o'yinidan so'ng, mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

- Orziqib kutilgan g'alabani qo'lga kiritdik. Ochig'ini aytsam, “Sho'rtan”ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin jamoadan ketishimni ma'lum qilgandim. Ammo yigitlar meni qo'llab quvvatlashdi va shogirdlarim hurmat qilishlarini inobatga oldim.

- Ko'rib turganingizdek, jamoaga qaytganim omadli keldi. Qolaversa, futbolchilar bor mahoratlarini ishga solib, juda qimmatli uch ochkoga ega bo'lishdi. Fursatdan foydalanib, shogirdlarimga va “Guliston”ning ashaddiy muxlislariga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

- Bugungi muvaffaqiyat oliy ligada qolish uchun tashlangan dadil qadam deb bilaman. O'ylaymanki, jamoamiz a'zolari navbatdagi bahslarda ham hamjihatlik bilan o'ynab, o'z oldilariga qo'yilgan vazifani uddalashadi.

Manba: fcguliston.uz