"Bavariya"ning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Sherzod Nurmatov
14 sen 2023, 13:48
Muxlislar yosh xavbekni tanlashdi.

"Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala o'tgan mavsum yakuniga ko'ra Myunxen klubining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Futbolchi muxlislarning 46% ovozini oldi.

20 yoshli xavbek o'tgan mavsum barcha turnirlarda 47 ta o'yin o'tkazib, 16 ta gol urgan va 16 ta golga assistentlik qilgan. U jamoaning eng yaxshi assistenti va ikkinchi to'purariga aylandi.

Eslatib o'tamiz, Musiala mavsumning so'nggi o'yinida g'alaba to'pini kiritib, "Bavariya"ga chempionlik unvonini himoya qilish imkonini berdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbayern.com