"Bavariya"ning 10 ta o'yindan iborat g'alabali seriyasi yakunlandi

Aziz Tukhtamuradov
21 yanv 2023, 09:52
"Bavariya"ning g'alabali seriyasi to'xtadi.

Myunxenliklar Bundesliganing 16-turida "Leyptsig" bilan 1:1 hisobida durang o'ynashdi. 

Yulian Nagelsman jamoasining 10 ta o'yindan iborat g'alabali seriyasi yakunlandi. 

Bungacha so'nggi marotaba "Bavariya" 2022 yilning 8 oktyabrida "Borussiya D" bilan durang o'ynagandi. Shundan so'ng jamoa ketma-ket 9 ta o'yinda g'alabaga erishdi. 

Myunxenliklar Bundesliga turnir jadvalida 16 ta o'yindan so'ng 35 ochko jamg'argan holda, 1-o'rinni egallab turishibdi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta