"Bavariya" yozda yangi futbolchilar uchun 100 mln. evro ko'proq pul sarflamoqchi
Aslanov Jasurbek
8 may 2015, 17:12
"Bavariya" murabbiylar shtabi va rahbariyati yozgi transfer oynasida jamoani yangi futbolchilar bilan kuchaytirmoqchi.
Ma'lumotlarga ko'ra, nemis grandi bu maqsad yo'lida 100 mln. evrodan ko'proq mablag' sarflamoqchi. Oldinroq klub moliyaviy direktori Yan-Kristian Dreezen jamoa futbolchilar xarid qilish uchun etarlicha mablag'ga ega bo'lishini takidlagan.