"Bavariya" - "Sevilya". Juftlikda masala halmi?

Mirjalol Normatov
11 apr 2018
Bugun Yevropa chempionlar ligasida yarim finalchilar aniqlanadi.

"Bavariya" (Germaniya) - "Sevilya" (Ispaniya)
Myunxen, "Alyanc Arena". 23:45

Diskvalifikaciya
: yo'q
Jarohatlangan: Noyer, Koman, Vidal - Kyaer 

Seshanba oqshomida kambek bo'ldi, bu esa evrokuboklarda katta sensaciyadir. Bugun "Alyanc"da "Bavariya" yarim finalni hal qilish uchun maydonga tushadi.

Ayni damda barcha faktorlar myunxenliklarning foydasiga ishlamoqda. O'yin Germaniyada bo'ladi, birinchi uchrashuvda "Bavariya" g'alabaga erishgan, tarkib borasida ham nemis jamoasida ustunlik.

Yupp Xaynkes Germaniya chempionatidagi so'nggi uchrashuvda tarkibning katta qismiga dam berdi. Xummels, Tiago i Levandovskilar o'yinda qatnashishmadi. Riberi va Myuller esa kam bo'lsa-da o'ynadi. Baribir myunxenliklar "Augsburg"da yirik hisobdagi g'alabaga erishdilar.

So'nggi 4 uchrashuvda "Sevilya"ning ishlari ortga ketayotgani ko'rinmoqda. Jamoa ushbu bahslarning uchtasida mag'lub bo'ldi va birgina durangga erishdi. O'tgan hafta oxirida esa "Selta"dan 0:4 hisobidagi mag'lubiyat qabul qilib olindi.

Diskvalifikaciyadan keyin Ever Banega "Sevilya"ga yordam bera oladi. Myunxenliklarda esa Vidal va Alaba safga qaytdi. Birinchisi o'tgan haftadan, ikkinchisi kechadan mashg'ulotlarga qaytgan.

TAXMINIY TARKIBLAR

"Bavariya": Ulrayx - Kimmix, Boateng, Xummels, Rafinya - Robben, Alkantara, Martines, Riberi - Levandovski, Myuller

"Sevilya": Sorya - Eskudero, Langle, Karrisu - Sarabiya, Banega, Nzonzi, Navas, Korrea, Vaskes - Murel

JAMOALARNING O'ZARO SO'NGGI UCHRASHUVI

Tomonlarning o'zaro yagona so'nggi uchrashuvi o'tgan haftada o'tkazildi.

"Sevilya" (Ispaniya) - "Bavariya" (Germaniya) 1:2 

Gollar: Sarabiya 32 - Navas 37 (o'z darvozasiga), Alkantara 68 

"Sevilya" (Ispaniya): Soriya, Kyaer, Eskudero, Lengle, Navas, Vaskes, Korrea (Ramires 78), Pisarro, Sarabiya, N'Zonzi, Ben Yedder (Muriel 80) 

"Bavariya" (Germaniya): Ulrayx, Xummels, Boateng, Martines, Riberi (Robben 79), Alkantara, Bernat (Rafinya 46), Vidal (Xames 36), Kimmix, Myuller, Levandovski 

Ogohlantirish: Korrea 15, Pisarro 90 - Riberi 13, Bernat 34, Myuller 85

FAKTLAR

- "Bavariya" bu mavsum YCHL doirasida barcha uy uchrashuvlarida g'alabaga erishdi.

- "Sevilya" bu mavsum YCHLda ikki marta mag'lubiyatga uchradi.

- Yupp Xaynkes bu mavsumga qadar 3 marta YCHL yarim finalida qatnashgan va shularning barchasida finalga chiqqan.

- "Bavariya" YCHL pley-offlarida 24 bora ilk uchrashuvda g'alabaga erishgan va shularning bittasida keyingi bosqichga o'ta olmagan.

- Tomonlarning ilk uchrashuvida 1:2 hisobi qayd etilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: footboom.com