"Bavariya" futbolchisining otasi o'g'li "Real"ga o'tishi mumkinligini tasdiqladi

Mirjalol Normatov
19 may 2018, 15:04
"Bavariya" futbolchisi David Alabaning otasi o'g'li "Real"ga o'tishi mumkinligini aytdi.

"Barcha o'g'limga "Real" tomonidan qiziqishlar bo'layotganini biladi. Biroq ayni damda men hech nima deya olmayman. "Real" tomonidan ayrim gaplar sir tutilmoqda. Barchasi mavsum yakunlanganidan keyin ma'lum bo'ladi", - dedi Alaba.

Bu mavsumda Alaba Germaniya chempionati doirasida 23 uchrashuvda qatnashdi va 2 gol urib, 3 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS