"Bavariya" futbolchisi Ispaniyaga qaytishi mumkin

25 noya 2019, 22:23
"Bavariya" yarim himoyachisi Xavi Martines klubni tark etadi.

Bilbaoning "Atletik" klubi "Bavariya"ga futbolchining transferi borasida taklif bilan chiqqan. Bitim narxi 10 million evro bo'lishi taxmin qilinmoqda. Martines bask klubi bilan 2 mavsumga mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. 

Eslatib o'tamiz, Martines nemis klubi safiga 2012 yilda "Atletik"dan kelib qo'shilgandi. Uning transferi uchun "Bavariya" 40 mln evro sarflagandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports