

Jamoalar bugungi bahs oldidan kecha mashg'ulot o'tkazishdi. Havo haroratining issiqligini hisobga olmaganda hammasi a'lo darajada. nemislar himoyachisi David Alaba birinchi mashg'ulotdan keyin shunday dedi: - Issiq edi.
Quyida "Bavariya" futbolchilarining kechagi mashg'uloti va kechqurungi sayrlarini suratlar yordamida e'tiboringizga havola etamiz.

Mashg'ulot oldidan Anchelotti o'yinchilarga aytar gaplarini etkazdi.


Issiq ekanligi haqida gapirgan Alaba o'rtada "kuchuk" rolida )

Issiqqa chiday olmagan Bernat muzli idishda turgan suvdan bahra olmoqda.

Xamesga havoning ahamiyati yo'q, hamisha tabassum qilib turaveradi.



Mashg'ulotni ko'p sonli muxlislar ham kuzatib borishdi.

Ana bo'lmasa, "kanonirlar" nomidan shaxsan Vengerning o'zi "shpion" bo'lib keldi. )

Frank Riberi, Robert Levandovskiy va Renatu Sanshesh tunda "Bavariya"ning xitoylik muxlis va muxlisalari bilan bayram qilib raqsga tushishdi.

Futbolchilar Shanxayda zerikishmayapti.


GettyImages suratlari yordamida Tolibjon Qosimov tayyorladi.



