

Karlo ota mashg'ulotlar vaqtida futbolchilar bilan zarur aloqani o'rnata olmagan. Bazi futbolchilarga murabbiy berayotgan yuklamalar maqul kelmagan. Bu muammo haqida 2016/17-mavsumda jamoaning sobiq futbolchilari Filipp Lam va Xabi Alonso aytib o'tgandi. Yangi yilda masala yanada murakkablashdi.
Kisker xabariga ko'ra, futbolchilar Anchelottining ustidan Karl-Xaync Rummeningega shikoyat qilishgan va italiyalik mutaxassissiz qo'shimcha mashg'ulotlar tashkil qilishgan. Keyinroq Anchelotti bundan xabar topadi va mashg'ulotlarni bekor qiladi. Bunga javoban bazi futbolchilar murabbiydan yashirincha, stadion tashqarisida shug'ullanib yurishgan.



