"Bavariya" de Yongni xarid qilish huquqi bilan ijaraga olmoqchi

Alisher
23 avg 2022, 13:38
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongga yana bir da'vogar paydo bo'ldi.

Nemis klubi 2019 yilning yozida Filippe Koutino bilan bo'lganidek, xarid qilish huquqi bilan bitimni xohlamoqda.

Shunga qaramay, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" 80-90 mln evro to'lagan holda uni doimiy tarzda sotib olishga tayyorlar.

De Yongning o'zi rahbariyatning talabiga qaramay, "Barselona"dan ketishni rejalashtirmayapti.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/gerardromero