"Bavariya" - "Chelsi" o'yini ham bo'sh tribunalar ostida o'tkaziladi

Alisher
10 mar 2020, 17:44
CHL 1/8 final javob o'yini doirasidagi "Bavariya" va "Chelsi" jamoalari o'rtasidagi o'yin ham koronavirus sabab muxlislarsiz o'tadi.

Bu haqda germaniyalik jurnalist Kristian Falk xabar bermoqda. Kelasi hafta "Alyanc Arena"da bo'lib o'tadigan javob o'yiniga muxlislar kiritilmaydi.

Agar "Bavariya" chorak finalga chiqsa ham, Myunxendagi o'yin jamoatchilik uchun ochiq bo'lmaydi.

Eslatib o'tamiz, bundan sal avval CHL doirasidagi "Barselona" - "Napoli" o'yini ham muxlislarsiz o'tishi belgilab qo'yilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/cfbayern