
Bular himoyachi Jerom Boateng, yarim himoyachilar Toni Kroos va David Alabalar. Mazkur futbolchilar bilan klub uzoq yilga mo'ljallangan shartnoma imzolamoqchi.
Alabaning amaldagi shartnomasi 2015 yilga qadar davom etadi, klub esa unga yana to'rt yillik shartnoma taklif etmoqchi. O'yinchining maoshi esa yiliga 6 million evroni tashkil etadi. Kroos va Boatenglarning shartnomasi ham 2015 yilgacha davom etadi.
Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, klubdagi Klaudio Pisarro, Daniel van Byuyten va Rafinyalarning shartnomasi kelasi mavsumda tugaydi.