Batshuayi nima uchun "Borussiya"da 2 xil raqamda o'ynayotgani ma'lum bo'ldi

Tolibjon Qosimov
17 fev 2018, 20:59
"Borussiya" hujumchisi Mishi Batshuayi nima uchun ikki xil raqamda o'ynayotgani ma'lum bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi 44-raqamni tanlagan. Lekin, payshanba kuni u Yevropa ligasida 42-raqam tushirilgan libosda maydonga tushdi.

"Borussiya" evrokuboklar uchun 44-raqamda Till Shumaxerni "zayavka" qilib bo'lgan. U Chexiyaning "Visochina" jamoasiga o'tdi, lekin UEFA evrokuboklarda bir mavsumda bitta raqamda ikki nafar futbolchini "zayavka" qilishni taqiqlagan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Calciomercato