Bartomeu: "Luis Enrikega ishlashiga qo'yib bersak, u "Barselona"da muvaffaqiyatlarga erishadi"

Aslanov Jasurbek
7 noya 2014, 12:16
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu yana bir bor jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikega ishonishini ta'kidladi.

"Agar Luis Enrikening ishlashiga qo'yib bersak, u hozirgi va keyingi mavsumlar uchun kuchli jamoa yig'a oladi.

Bu mavsumda Pikega qiyin bo'lyapti. Jamoamiz tarkibiga ikki markaziy himoyachi kelib qo'shildi. Bundan tashqari, Mark Barta ham o'z o'yinini kuchaytirib bormoqda. Qarorni esa murabbiy qabul qiladi" - deydi klub prezidenti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com