"Barselona"ga o'tadigan de Yong mavsum futbolchisi deb topildi

Aslanov Jasurbek
17 may 2019, 14:19
Yozgi transfer oynasida "Barselona" futbolchisiga aylanadigan "Ayaks" yarim himoyachisi Frenki de Yong individual sovrinni qo'lga kiritdi.

Amstyerdam klubi bilan Gollandiya chempioni bo'lgan de Yong liganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Futbolchining joriy mavsumdagi 91,2% uzatmalari o'z manziliga yetib borgan. Bundan tashqari u amalga oshirgan driblinglarning 75,3% muvaffaqiyatli yakunlangan.


Gollandiya chempionati rasmiy sayti mavsum ramziy terma jamoasini e'lon qildi. Ramziy jamoadan "Ayaks"ning 7 nafar futbolchisi joy olgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia