"Barselona"dagilar Ozil transferi borasida kelisha olishmayapti

Aslanov Jasurbek
25 noya 2017, 10:28
"Barselona" rahbariyatida "Arsenal" yarim himoyachisi Mesut Ozilni sotib olish borasida turli fikrlar mavjud.

Kataloniya klubi rahbarlarining bir qismi 20 mln. evroga tushadigan Ozilning transferi "Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutinonikidan (150 mln. evro) foydaliroq deb hisoblashmoqda. Boshqalar esa 29 yoshli xavbekni "Atletiko"dan "Barsa"ga o'tgan Arda Turan kabi baholashmoqda. Ularning fikricha, Ozil ham Turan kabi kutilgan o'yinni namoyish etmaydi. Buning ustiga, Ozil katta maosh talab qilmoqda.

Nemis futbolchisining "Arsenal" bilan shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi, tomonlar yangi bitim borasida kelisha olishmayapti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es