"Barselona"da inqilob: jamoani 15 dan oshiq futbolchi tark etishi mumkin

Sherzod Nurmatov
23 may 2021, 01:55
"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoada katta o'zgarishlar bo'lishini ma'lum qildi, deydi jurnalist Gilem Balage.

Unga ko'ra, yozda "ko'k-anorranglilar"dan 15 tadan ko'p o'yinchi ketishi mumkin. Ular orasida Jerar Pike, Jordi Alba, Serxio Buskets, Ansu Fati va Mark-Andre ter Shtegen bor.

Ayniqsa, Kataloniya klubi boshlig'i Pikening holatidan norozi, chunki uning o'yinida pasayish kuzatilgan, yana u eng yuqori maoshga ega. Laporta 34 yoshli ispaniyalikning ketishi "Barsa"ga foyda keltirishiga va Erik Garsiya bemalol uning o'rnini bosa olishiga ishonadi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/guillembalague