"Barselona" "Yuventus" yarim himoyachisini xarid qilishga yaqin

Alisher
24 avg 2019, 11:51
"Barselona" turinliklar yarim himoyachisi Rodrigo Bentankurni sotib olmoqchi.

"Yuve" 22 yoshli futbolchini 60 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

Qayd etish kerakki, Italiya chempioni bu pulning faqatgina yarmini olishi mumkin.

Qolgan 30 million evro esa "Boka Xuniors" hisobiga kelib tushadi. Argentina jamoasi Urugvay terma jamoasi a'zosining transferidan 50% ishlab oladi.

Eslatib o'tamiz, Bentankur 2017 yildan buyon "keksa sinora" sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport