"Barselona" yarim himoyachisini 16 million evroga sotmoqchi

Alisher
28 apr 2020, 17:34
Yarim himoyachi Rafinya Alkantara "Barselona"ga kerak emas.

Kataloniya klubi o'yinchini mavsum yakunlangandan so'ng sotishini e'lon qildi. "Barselona" 27 yoshli xavbek uchun 16 million evro ishlab olmoqchi.

Alkantara ayni damda ijara asosida "Selta"da o'ynamoqda, Vigo klubi uning shartnomasini xarid qilishi mumkin.

Futbolchi joriy mavsum "Selta" libosida La Ligada 19ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Mundo Deportivo