"Barselona" yarim himoyachisi "Manchester Siti"ga yo'l olishi mumkin

Sherzod Nurmatov
15 fev 2022, 20:57
Kataloniya klubi yosh futbolchisi Niko Gonsales "shaharliklar" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Barselona" yarim himoyachisi jamoasini o'zgartirishi mumkin. Ma'lumotlarga qaraganda, 20 yoshli o'yinchiga 5 ta klub qiziqmoqda. Ulardan uchtasi APL,  bittasi Bundesliga, yana biri A Seriya vakili ekanligi aytilmoqda. 

Ma'lum bo'lishicha, Niko Gonsalesga "Manchester Siti" katta qiziqish bildirmoqda. "Barselona" esa u bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Muzokaralar Gavi va Arauxoning kelishuvi uzaytirilgach boshlanadi.

Gonsalesning "Barsa" bilan amaldagi kelishuvi 2024 yilgacha mo'ljallangan. Uning tovon puli – 500 million evro.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca