"Manchester Siti"da o'ynash oson" - Niko Gonsales

Sherzod Nurmatov
24 fev 2025, 17:40
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Niko Gonsales ingliz grandi uchun o'ynash qanchalik qulayligi haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

23 yoshli xavbek qishki transferlar vaqtida "Portu"dan APLga ko'chib o'tgandi.

"Manchester Siti"da o'ynash oson, chunki bu yerdagi barcha futbolchilar juda yuqori saviyada. Hamma bir-biriga juda yaqin o'ynaydi va har doim pas uzatadi. O'yinning aksariyat qismida to'pga ega bo'lishni yaxshi ko'raman va bu yerda o'zimni juda qulay his qilyapman", – dedi Gonsales.

Gonsales "Manchester Siti" safida 4 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: City Xtra