"Barselona" yangi mavsumdagi ilk o'yinini "Arsenal"ga qarshi o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
21 iyun 2019, 16:12
"Barselona"ning yangi mavsumdagi birinchi o'yini sanasi va raqib jamoa nomi ma'lum bo'ldi.

Kataloniya klubi Joan Gamper Kubogi uchun bahsga "Arsenal"ni taklif qildi.

Uchrashuv 4 avgust kuni "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 23:00da start oladi.

Joan Gamper Kubogi - har yili "Barselona" tomonidan tashkillashtiriladigan o'rtoqlik turniri hisoblanadi. Ushbu musobaqa 1966 yil "Barselona" sobiq prezidenti Enrike Lode tashabbusi bilan o'tkazilgan. Turnirga "Barselona" asosichisi Joan Gamper nomi berilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com