"Barselona" va "Sevilya" Ispaniya Kubogidan chetlatildi

Mirjalol Normatov
24 yanv 2023, 22:53
Gap ayollar futboli haqida ketmoqda.

Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi ayollar o'rtasidagi Ispaniya Kubogi 1/8 finalida hujjatda yo'q futbolchilarning maydonga tushganini payqagan. "Barselona"ning "Osasuna"ga (9:0) qarshi o'yinida hujumchi Geys Ferreyra ishtirok etgan. U o'zining sobiq jamoasidagi diskvalifikaciyani o'tamaganligi sababli bahsda qatnashmasligi kerak edi. "Sevilya"ning "Vilyarreal"ga (1:0) qarshi bahsida esa diskvalifikaciyasini o'tamagan Nagore Kalderon ishtirok etgan.

Shu boisdan ikki klub turnirdan chetlatildi. Undan tashqari, klublar 1001 evrodan jarima to'lagan. Undan tashqari klublarga 10 kun ichida appelyaciya kiritish imkoniyati berilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Cope