Barselona va Real Portudan 17 yoshli futbolchini sotib olishmoqchi

Narzulla Saydullayev
10 mar 2017, 22:50
Barselona va Real klublari Portu himoyachisi Joze Diogu Dalo Teysheyruga da'vogar.

17 yoshli futbolchining tezligini Krishtianu Ronalduga tenglashtirishmoqda.

O'tgan yil Dalo bahorda Evro-2016 (U17) musobaqasida ishtirok etdi, bir necha oydan so'ng Portugaliya yoshlar terma jamoasi bilan 19 yoshgacha Yevropa chempionatida ishtirok etdi.

Real uni anchadan buyon kuzatmoqda va uning vakillari bilan aloqaga chiqqan. Barselona ham Daloga qiziqmoqda va Portuga 10 million evro taklif qilmoqchi.

Portu esa uni kamida 20 million evroga sotmoqchi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com