"Barselona" va "Alaves" finalni qaysi stadionda o'tkazishni kelisha olishmayapti

Tolibjon Qosimov
9 fev 2017, 19:22
Ispaniya kubogi finalchilari "Barselona" va "Alaves" final uchrashuvini qaysi stadionda o'tkazish borasida bir to'xtamga kelishgani yo'q.
Bu haqda "Marca" xabar berdi. Kataloniyaliklar chorshanba kuniyoq finalni "Santyago Bernabeu" ("Real"ning uy maydoni)da o'ynamoqchi ekanliklarini e'lon qilishgan edi. O'z navbatida, "Alaves" bellashuvni Basklar yurtining asosiy stadioni hisoblangan "San Mames" ("Atletik"ning uy arenasi)da o'tkazmoqchi.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish joiz, har ikki holatda ham tomonlar o'zlarining principial raqiblarining maydonida to'p tepishmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Marca