"Barselona" sport direktori: "Hujumchilarni bizga o'tishga ko'ndirish juda qiyin"

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2016, 11:10
"Barselona" sport direktori Robert Fernandesning ma'lum qilishicha, Kataloniya klubi hujum chizig'iga istiqbolli futbolchilarni xarid qilishda qiyinchilikka uchrayapti.

"Jamoamiz kuchli, shu sababli yangi futbolchilarni chaqirish qiyin. Kiyinish xonamizda atmosfera juda ajoyib. Yangi o'yinchilarni xarid qilishda qiyinchiliklar bor. Hamma ham "Barselona"ga o'tishni istamayapti. Messi-Suares-Neymar triosi bor jamoaga hujumchilarni chaqirish juda qiyin" - deydi Fernandes.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal