"Barselona" sobiq prezidenti: "Atletiko" g'alabasini xohlayman"

Aslanov Jasurbek
23 may 2016, 16:41
"Barselona" sobiq prezidenti Joan Gaspar "Atletiko"ga Chempionlar ligasi finalida omad tiladi.

"Atletiko" "Real" ustidan g'alaba qozonishini istayman. To'g'ri, "Atletiko"ni bu o'yinda favorit deya olmayman. "Real"ning tarkibi juda kuchli. Final juda ajoyib bo'ladi. Ko'ramiz, kim g'olib bo'lar ekan. Omad "Atletiko" tomonda bo'ladi deb umid qilaman. CHL sovrini ular uchun orzu, chunki "matraschilar" hozirgacha biror marta bu kubokni qo'lga kiritmagan. Ular bunday quvonchga munosib" - deydi Gaspar.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca