"Barselona" sobiq prezidenti klub bu mavsumda La Liga, Ispaniya kubogi va Chempionlar ligasini qo'lga kiritishini aytdi

Aslanov Jasurbek
29 okt 2021, 21:39
"Barselona"ning sobiq prezidenti Joan Gaspar hozirgi o'ziga mos kelmaydigan o'rniga qaramay, jamoaning istiqboliga yuqori baho berdi.

- Kuman ketyaptimi? Xohlaymizmi yo'qmi futbolda shunday jarayon yuz beradi. Murabbiyni ishdan bo'shatish butun jamoani qo'yib yuborishdan ko'ra osonroq. Kuman bilan sodir bo'lgan voqeadan xafaman, chunki u do'stim edi va men uni qadrlayman. Agar ko'proq vaqt berilganida, ehtimol, yaxshi natijalarga erishgan bo'lardi, - dedi Gaspar.

Joan Gaspar, shuningdek, "Barselona" ushbu mavsumda Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasida g'alaba qozonishini, chunki bu turnirlarda hali hammasi oldinda ekanligini ta'kidladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Confedential