Gaspar: "Agar "Real" La Ligada yetakchi bo'lib turganida, mavsum muddatidan oldin yakunlanardi"

Alisher
28 may 2020, 09:26
"Barselona" sobiq prezidenti Joan Gaspar agar jadvalda "Real" yetakchi bo'lsa, musobaqa muddatidan oldin yakunlanishini aytdi.

"Agar pauzaga qadar "Real" jadvalda birinchi bo'lganida, La Liga muddatidan oldin yakunlanardi", - deydi Gaspar.

27 turdan so'ng "Barselona" 58 ochko jamg'argan holda, Ispaniya chempionatida yetakchilik qilmoqda, ikkinchi o'rinda borayotgan "Real" esa ikki ochko (56) kam jamg'argan.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionati restartidan so'ng ilk o'yin "Real Betis" - "Sevilya" (11 iyun) bahsi bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal