Barselona Shapekoenseni Gamper kubogiga taklif qildi
Narzulla Saydullayev
8 dek 2016, 17:25
Shapekoense 2017 yilda Barselona bilan Joan Gamper kubogi uchun maydonga tushishi mumkin.
Kataloniya klubi Shapekoensega rasmiy taklif yubordi. Barselona shu yo'l bilan deyarli butun tarkibi aviahalokatga uchragan klubga hamdardlik bildirmoqchi.
Gamper kubogi uchun o'rtoqlik o'yini 1966 yildan buyon muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda.