"Barselona" "Sevilya" himoyachisi uchun 35 million evro to'laydi

Tolibjon Qosimov
29 may 2018, 10:17
"Sevilya" himoyachisi Kleman Langle "Barselona"ga o'tishga yaqin turibdi.

Ispaniyadagi "Cope" radiosining tasdiqlashicha, "ko'k-anorranglilar" 22 yoshli francuz uchun 35 million evro to'lashga tayyor. Bu summa o'yinchining andalusiyaliklar bilan shartnomasida tovon puli sifatida ko'rsatilgan.

Futbolchining kataloniyaliklar bilan kelishuvi 5 yilga mo'ljallangan bo'ladi. Transfer haqida yaqin kunlarda rasman e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: cope.es