

Kataloniyaliklar yozda o'yinchini "neradzurrilar"dan xarid qilishga tayyorlar, klub rahbariyati 25 yoshli italiyalik futbolchining atrofidagi insonlar bilan bog'landi va ehtimoliy shartnoma bo'yicha muzokaralar o'tkazdi.
Xabarlarga ko'ra, "Inter" Sensining o'zi ham "Barselona"ga o'tishni xohlayotganiga qaramay, uni o'z safida olib qolishga urinadi.
Italiyalik futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushdi.



