"Barselona" Sensining atrofidagi insonlar bilan muzokara o'tkazdi

Alisher
7 apr 2021, 09:47
"Inter" xavbeki Stefano Sensiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda.

Kataloniyaliklar yozda o'yinchini "neradzurrilar"dan xarid qilishga tayyorlar, klub rahbariyati 25 yoshli italiyalik futbolchining atrofidagi insonlar bilan bog'landi va ehtimoliy shartnoma bo'yicha muzokaralar o'tkazdi.

Xabarlarga ko'ra, "Inter" Sensining o'zi ham "Barselona"ga o'tishni xohlayotganiga qaramay, uni o'z safida olib qolishga urinadi.

Italiyalik futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: SPORT