"Barselona" muxlislari uchun xushxabar! Dembele mashg'ulotlarga qaytdi + FOTO

Tolibjon Qosimov
6 dek 2017, 21:28
"Barselona" futbolchisi Usmon Dembele jarohatdan mutlaqo tiklanishga yaqin.

Francuz futbolchisi bugun uzoq vaqtdan keyin birinchi marotaba jamoa bilan birga shug'ullandi. Dembele jamoadoshlari bilan mashg'ulotning faqat ma'lum qismida birga ishladi, qolgan vaqt mobaynida alohida shug'ullandi.

20 yoshli futbolchi 16 sentyabr kuni La Liga 4-turi doirasida "Xetafe"ga qarshi bellashuvda jarohat olgan edi. Shu sabab o'yinchi operaciya qilindi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/Alfremartinezz