"Barselona" "Milan" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
4 yanv 2020, 13:15
"Barselona" "Milan" himoyachisi Alessio Romanoliga qiziqmoqda.

Transfer yozda amalga oshishi mumkin. O'z navbatida "Milan" ham "ko'k-anorranglilar" himoyachisi Jan-Kler Todiboni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

"Barselona" esa Todiboning transferi borasida "Milan" bilan bo'layotgan muzokaralar Romanolining kelajakdagi transferini tezlashtiradi deb o'ylamoqda.

Romanoli "Roma" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Milan"ga 2015 yilda 25 million evro evaziga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.sky.it