

Katalon klubi "Manchester Siti" bilan Erik Garsiyaning transferini kelisha olmasa, bor e'tiborini Lisandroga qaratadi.
"Ayaks" argentinalik futbolchini 2019 yilda 7 million evro evaziga xarid qilgan edi. Transfermarkt portali 22 yoshli o'yinchini 20 million evroga baholamoqda. Uning amstyerdamliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
Martines joriy mavsum "Ayaks" tarkibida 13 ta o'yin o'tkazib, 2 bor gol urdi.



