

Ma'lumotlarga ko'ra, ko'k-anorranglilar vakillari Fransiya jamoasining uch yarim himoyachisini kuzatmoqda. Ular Nabil Fekir, Tangay N'Dombele va Ussema Aua. Oldinroq, "Lion" N'Dombeleni 75 mln. evroga sotmoqchi ekanligi e'lon qilingan edi.
N'Dombele "Barselona"ning zaxira varianti hisoblanadi. Ko'k-anorranglilarning asosiy maqsadi Adrien Rabo va Frenki De Yong.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi 1/8 finalida "Barselona" va "Lion" to'qnash keladi.



