"Barselona" Levandovskiga Bundesligadan o'rinbosar topdi

Omonjon To`xtamirzayev
2 dek 2024, 17:43
Kataloniyaliklar "Ayntraxt" hujumchisi Omar Marmushni kuzatishmoqda.

"Barselona" murabbiylar shtabi va rahbariyati Robert Levandovskining o'yinidan mamnun, lekin uning yoshi baribir o'tib bormoqda. Aynan shuning uchun unga o'rinbosar izlash ishlari boshlab yuborilgan. 

Nomzodlar ichida Bundesliga to'purarlaridan biri Omar Marmush ham bor. "Ko'k-anorranglilar" 25 yoshli Omar hujum chizig'idagi muammolarni ancha vaqtga yopish imkonini beradi, deb hisoblashmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal