"Barselona" Koutinoning ketishi uchun katta mablag' to'lamoqchi

Mirjalol Normatov
12 iyun 2020, 19:35
"Barselona" hali ham yarim himoyachi Filippe Koutinoning ketishi borasida ishlamoqda.

Hozircha koronavirus inqirozi sababli ko'plab klublar 28 yoshli futbolchi uchun so'ralayotgan mablag'ni to'lay olishmayapti. Shu sababli "Barselona" o'rtada munozara keltirib chiqarmaslik maqsadida, u ketgan taqdirda maoshining bir qancha qismini to'lab berishga tayyor. Hozirda u haftasiga 220 ming evro maosh olmoqda.

Oldinroq Koutinoga "Arsenal", "Chelsi", "Nyukasl" va "Lester" kabi klublardan qiziqishlar borligi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal