"Barselona" Koutinoni "Yuventus" futbolchisiga almashtirmoqchi

Aslanov Jasurbek
3 apr 2019, 17:58
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

Kataloniya klubi braziliyalikni "Yuventus"ga berib, Turin klubidan Paulo Dibalani o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu transfer amalga oshishi juda qiyin, chunki italiyaliklar Dibalani sotish niyatida emas.

Oldinroq, Koutinoga PSJ, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

Braziliyalik futbolchi joriy mavsum LaLiganing 28ta uchrashuvida maydonga tushib, 5ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato.it