"Barselona" Kasadoning qancha muddatga safdan chiqqanini ma'lum qildi

Administrator
18 mar 2025, 20:28
Himoyachi kamida ikki oy maydonga tusha olmaydi.

"Barselona" klubi himoyachisi Mark Kasado "Atletiko"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi. Futbolchi ushbu jarohatdan keyin Ispaniya terma jamoasi qaydnomasidan ham tushib qoldi.

Bugun "Barselona" futbolchi qancha muddatga safdan chiqqanini ma'lum qildi.

"Tibbiy tekshiruvlardan so'ng Mark Kasadoning o'ng oyoq tizza bog'lamlarining qisman uzilishi tashxisi qo'yildi. 

Futbolchi kuchaytirilgan muolajani oladi. Uning taxminiy qaytish muddati ikki oyni tashkil qiladi", -deyiladi klub bayonotida.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: fcbarcelona.com