"Barselona" joriy mavsum futbolchilarning maoshi uchun juda katta pul sarflaydi

Aslanov Jasurbek
21 okt 2017, 18:45
"Barselona" klubining o'tgan mavsumdagi daromadi 707 mln. evroni tashkil qildi.

Kataloniya klubi joriy mavsum uchun o'z futbolchilariga 588 mln. evro (klub tarixidagi rekord) maosh to'lashi kerak. Shunday qilib, ispan grandi futbolchilar maoshi uchun o'z byudjetining 83%ni sarflaydi. Klublar o'z byudjetining 55-70%ni maoshlarga ishlatishi normal holat hisoblanadi. Bu natijaga erishish uchun ispan klubi o'z daromadini sezilarli darajada oshirishi kerak.


"Barselona" kelasi mavsum 897 mln. evro daromad topmoqch.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com