“Barselona” himoyachisi jarohat oldi

18 sen 2019, 07:30
Jordi Alba YCHL 1-turida jarohatga yo'liqdi.

“Barselona”ning qanot himoyachisi Jordi Alba “Borussiya D”ga qarshi bahsning birinchi bo'limida jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning o'rniga o'yinni Serji Roberto davom ettirdi. Hozircha futbolchining jarohati darajasi haqida rasmiy ma'lumot berilganicha yo'q.

Ma'lumot uchun, Alba 2012 yildan beri Kataloniya klubi sharafini himoya qiladi. U klub bilan 15 ta sovringa ega chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football24