"Barselona" futbolchisining keyingi jamoasi ma'lum

Alisher
13 yanv 2020, 17:48
"Barselona" himoyachisi Jan-Kler Todibo ushbu transferlar oynasida jamoadan ketadi.

20 yoshli fransiyalik o'yinchi "Shalke"ga o'tishga qaror qildi va gelzenkirxenliklar o'yinchini mavsum oxiriga qadar sotib olish huquqisiz ijaraga oladi.

Todibo bugunoq "Shalke" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Eslatib o'tamiz, markaziy himoyachi uchun "Monako", "Milan" va "Gerta" klublari raqobatlashayotgan edi.

Todibo joriy mavsum "Barselona" safida La Ligada 2ta o'yinda maydonga tushgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Germany